Konstitutsiya haqida sherlar bolalar uchun. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tadbiri, ya’ni Konstitutsiya kuni 8-dekabrda nishonlanadi. Ushbu kun 1992-yil 8-dekabrda O’zbekiston Respublikasining asosiy huquqiy hujjati — Konstitutsiya qabul qilingan sana sifatida tarixga kirgan. Bu kun O’zbekistonning demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat sifatidagi rivojlanishini aks ettiruvchi muhim sana hisoblanadi.
Konstitutsiya kunining nishonlanishi
- Rasmiy tadbirlar:
Konstitutsiya kuni O’zbekistonda keng ko’lamli rasmiy tadbirlar bilan nishonlanadi. Ushbu tadbirlar hukumat va davlat idoralari tomonidan o’tkaziladi, ularda davlat rahbarlari, yuqori darajadagi amaldorlar, parlament a’zolari va jamoat arboblari ishtirok etadi. - Davlat mukofotlari:
Konstitutsiya kuni munosabati bilan O’zbekistonning davlat mukofotlari, jumladan «Shuhrat» medali, «O’zbekiston Qahramoni» unvoni, «Do’stlik» ordeni va boshqa mukofotlar taqdim etiladi. Bu mukofotlar mamlakatni rivojlantirishda xizmat qilgan shaxslar va tashkilotlarga beriladi. - Muzey va yodgorliklarga tashriflar:
Konstitutsiya kuni mamlakat tarixiga oid muzeylar, yodgorliklar va boshqa madaniy ob’ektlarga tashriflar uyushtiriladi. Bu joylarda O’zbekistonning huquqiy tizimi va davlat tuzilmasining rivojlanishi haqida ko’rgazmalar o’tkaziladi. - Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar:
Shuningdek, ta’lim muassasalarida, jamoat joylarida va ommaviy tadbirlarda O’zbekiston Konstitutsiyasining ahamiyati, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning ahamiyati haqida ma’ruzalar, suhbatlar, konferensiyalar va anjumanlar o’tkaziladi. - Mediada e’lonlar:
Konstitutsiya kuni televizorlar, radio, gazeta va internetda keng yoritiladi. Konstitutsiya bilan bog’liq tarixiy, huquqiy va ijtimoiy masalalar haqida maqolalar, hujjatli filmlar va intervyular namoyish etiladi. - Fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish:
Bu kun, shuningdek, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga yo’naltirilgan turli aksiyalar, kampaniyalar va treninglarni o’z ichiga oladi. Maqsad — Konstitutsiyaning asosiy tamoyillari, undagi huquqlar va erkinliklar, shuningdek, davlat organlari va fuqarolar o’rtasidagi aloqalar haqida tushunchalarni kengaytirish.
Konstitutsiya haqida sherlar bolalar uchun.
Qomusimiz baxtimiz,
Bizning toj-u taxtimiz,
Birligimiz ahhdimiz,
KonstitutsiyamiZ
Yozilgan faqat halol,
Yosh-u qari bilib ol,
Buzib bo’lmas bemalol ,
Konstitutsiyamiz.
Ezgulikka yo’llagan,
Seni barcha qo’llagan,
Sen borki yurt gullagan,
Konstitutsiyamiz.
Senda shunday qonun bor,
Dunyoda yo’q betakror,
Barcha sendan minnatdor,
Konstitutsiyamiz.
Konstitutsiya haqida sher.
Konstitutsiyam – mening bosh Qomusim!
Adolatga o’zing tamaltosh, Qomusim!
Quyosh bo’lib, mehr nurin soch, Qomusim,
Kelajakka baxt eshigin och, Qomusim!
Konstitutsiya – eng oily hakam
Yaxshilar tufayli ozod diyorim,
Ozodlik tufayli obod diyorim,
Eng Oliy Qomusga chekkanda imzo.
Yaxshilarni ko’rdi o’zidan rizo.
Ne qissa. Hurriyat qomusidir u.
Ulusning oriyu nomusidir u .
Istiqlol bir yoshdan oshgan chog’ida.
U tug’ildi yaxshilikning bog’ida.
Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,
O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu.
Konstitutsiyamiz nodir chinakam
U biz uchun eng oliy hakam!
Nodir qomusimiz
Adolatli jamiyatga berganda baxo
Qomusimiz nodir, tengsiz va a’lo!
Vatan posbonimiz bo’laylik hushyor,
Nifoq urug’ini sochmasin ag’yor,
Fidoyi bo’laylik Mustaqillikka,
Bizni chorlamoqda haq ahillikka.
Qomusim – Konstitutsiya haqida sherlar bolalar uchun.
Havas qilsa arzigulik, baxtim bor,
Nurli yo‘lga boshlaguvchi ahdim bor.
Fidodirman toki tanda qonim bor,
Men elimning Qomusini kuylayman!
Iymonli elimning baxtli farzandi,
Mehnatdan baxt topgan asalu qandi.
Farovon zamonam porloq dilbandi,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!
Mustaqil diyorimni himoya etgan,
Dono hur fikrlari jahonga yetgan.
El – yurt qalbidan g‘uborlar ketgan
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan
G‘amxo‘rdir Vatanim bizga mehribon
Baxtimizga baxt qo‘shar erkin, farovon.
Kelajagim porloq, yo‘lim nurafshon,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!
Har tomon uzatsam yetar qo‘llarim,
Istiqbolga yuz tutgan o‘ngu so‘llarim.
Nurlarga ko‘milgan oydin yo‘llarim,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!
Konstitutsiya haqida ko’proq sherlarUshbu sherlar ma’lumot.ru saytidan olindi.