A.Navoiy sherlari va g’azallari

alisher navoiy sherlari va g'azallari

Bobomiz Alisher Navoiy sherlari va g’azallari ushbu maqoladan joy oladi.

  • Alisher Navoiy o‘z g‘azallarida insoniy fazilatlarni ulug‘lab, sevgi, do‘stlik, adolat va ma’rifatni targ‘ib qiladi.
    • Uning she’rlari yuksak ahloqiy qadriyatlarni ifodalaydi.
  • Navoiyning g‘azallari fors va turkiy tillarda yozilib, uslubiy mukammalligi va chuqur falsafiy mazmuni bilan ajralib turadi.
    • Ayniqsa, turkiy adabiyot rivojida muhim rol o‘ynagan.
  • Shoirning g‘azallarida tasavvufiy tushunchalar chuqur yoritilib, ilohiy sevgi orqali ma’naviy poklikka erishish yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatiladi.
    • Bu g‘oyalar orqali ruhiy kamolotga chorlov mavjud.
  • Navoiy g‘azallari obrazlarning boyligi, tilda tiniqligi va ohangdorligi bilan o‘quvchini maftun qiladi.
    • U she’riyatni estetik va ma’rifiy qudratga aylantirgan.
  • Alisher Navoiy yaratgan g‘azal to‘plami, ayniqsa, «Xazoin ul-maoniy,» uning shoirlik iqtidori va adabiyoti jahon miqyosida tan olinganligini ko‘rsatadi.
    • Bu to‘plam Sharq adabiyotining bebaho xazinasidir.

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi.

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi,
Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqtimu chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘ayu ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.

Orazidek ondin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘anda qorang‘u kelmadi.

Ul parivash hajridinkim yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.

Ko‘zlaringdin necha su kelgay, deb o‘lturmang meni
Kim, bori qon erdi kelgan, bu kecha su kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsakim qo‘ydi qadam
Yo‘lg‘akim avval qadam, ma’shuqi o‘tru kelmadi.

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.

Mehr ko‘p ko‘rguzdum, ammo…

Mehr ko‘p ko‘rguzdum, ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.
G‘am bila jonimg’a yettim, g’amgusore ko‘rmadim,
Hajr ila dilxasta bo‘ldum, dilsitone topmadim.

Ishq aro yuz ming mahmal o‘qiga bo‘ldim nishon,
Bir kamon abro‘da tuzlukdin nishona topmadim.
Ko‘nglum ichra sarv o‘qdur, g’uncha paykon, gul tikon,
Dahr bog’i ichra mundog’ gulsitone topmadim.

Husn mulki ichra sendek shohi zolim ko‘rmadim,
Ishq ko‘yida o‘zumdek notavone topmadim.
Ko‘p o‘qudum Vomiq-u Farhod-u Majnun qissasin,
O‘z ishimdin bulajabroq dostone topmadim.

Ul armon ichinda bo‘lsun, ey Navoiy, garchi men,
Bir zamon ishqida mehnatdin amone topmadim.
Tab ganjidin maoniy xurdasin, yuz qatla hayf —
Kim, nisor etmakka shohi xurdadone topmadim.

Alisher Navoiy ruboiylari

Alisher Navoiy sherlari va g’azallari.

Ne bahra topqomen andinki, mendin istagay bahra, Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.

Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg’a Ayon ul zahr chashm aylab nixon, bu no’shxand etmas.

Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin, Ichim ul chok- chok etmas, tanim ul band- band etmas.

Kerak o’z chobuki majnunvashi qotil shiorimkim, Buzug’ ko’nglimdin o’zga yerga javloni samand etmas.

Ko’ngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir Ajal sarrishtasidin o’zga bo’ynung’a kamand etmas.

Ul oy o’tlug’ yuzun ochsa, Navoiy tegmasun deb ko’z, Muhabbat tuxmidin o’zga ul o’t uzra sipand etmas.

Orazin yopqoch ko‘zumdin – Alisher Navoiy sherlari va g’azallari.

Orazin yopqoch ko‘zumdin - Alisher Navoiy sherlari va g'azallari

Orazin yopqoch ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,
O‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh.

Qut bir bodom-u yerim go‘shayi mehrob edi,
G‘orati din etti nogah bir balolig‘ ko‘z-u qosh.

Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhning bot-bot dami andoqki aylar mehr fosh.

Bo‘saye qilmas muruvvat, asr-u qattiqdur labing,
Desam, og‘zi ichra aytur, la’l ham bor navi tosh.

Novaking ko‘nglumga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko‘nglum bila jonim talosh.

Umri jovid istasang fard o‘lki, bo‘ston xizridur—
Sarvkim, da’b ayladi ozadalig‘ birla maosh.

Qoshi ollinda Navoiy bersa jon ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qo‘yg‘usidur barcha bosh.

Xolu xating xayolidin, ey, sarvi guluzor,

Xolu xating xayolidin, ey, sarvi guluzor,
Goho ko’zumga xol tushuptur, gahe g’ubor.
Yuzungda xol safhada tomg’an kibi qora,
Xoling malohati tuz erurkim qorada bor.
Jonimni o’rtagan yuzu xolingni bilmasang,
O’t shu’lasida ayla gumon bir o’chuk sharor.
Bilman, ko’ngulda xollaringning xayolidur
YO kirpiging tikanlarin aylabsen ustuvor?
Har dam ko’ngul haloku ko’zum tiyra bo’lmag’in,
Bilgay birovki, yori erur sho’xu xoldor.
Mashshotan qazo bezamish xolu xattini,
Beixtiyorliqda manga bormu ixtiyor?
Miskin Navoiy xoli labing ko’rsa, jon berur,
Boqsang ne bo’ldi surati holig’a, ey, nigor?

Qaro ko’zim – Alisher Navoiy sherlari va g’azallari.

Qaro ko'zim - Alisher Navoiy sherlari va g'azallari

Qaro ko’zum, kelu mardumlug’ emdi fan qilg’il,
Ko’zum qarosida mardum kibi vatan qilg’il.
Yuzung guliga ko’ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig’a jon gulshanin chaman qilg’il.
Takovaringg’a bag’ir qonidin hino bog’la,
Itingg’a g’amzada jon rishtasin rasan qilg’il.
Firoq tog’ida topilsa tufrog’im, ey charx,
Xamir etib yana ul tog’da ko’hkan qilg’il.
Yuzung visolig’a yetsun desang ko’ngullarni,
Sochingni boshdin-ayog’ chin ila shikan qilg’il.
Xazon sipohiga, ey bog’bon, emas mone’
Bu bog’ tomida gar ignadin tikan qilg’il.
Yuzida terni ko’rub o’lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg’il.
Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog’lig’ o’qin sham’i anjuman qilg’il.

Alisher Navoiy ruboiylari

Ushbu sherlar saytdan olindi.

5 Izohlar

  1. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh aziz doʻstlarim,bu gʻazallari inshaalloh hammamizga manfaatli boladi ✨✨💖💖💖💖❤️😀🕋✨😘

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting