Baxtli bolalik haqida sherlar. Baxtli bolalik – inson hayotidagi eng beg’ubor, quvonch va orzularga boy davr. Bu davr o‘ziga xosligicha qadrlidir, chunki unda sodda his-tuyg‘ular, beg‘ubor kulgilar va katta orzular jamlangan. Quyidagi omillar baxtli bolalikni taʼminlashga yordam beradi:
- Oilaviy muhabbat: Bola uchun ota-ona mehr-muhabbati eng muhim manbadir. Ularning qo‘llab-quvvatlovi bolada o‘ziga ishonch hissini shakllantiradi.
- Xavfsiz muhit: Bola xavfsizlikni his qiladigan joyda o‘z imkoniyatlarini to‘liq rivojlantiradi. Jismoniy va hissiy xavfsizlik buning asosidir.
- O‘yin va ijodiy faoliyat: O‘yin bolalar uchun tabiatiy o‘rganish vositasidir. Ular orqali tasavvurini rivojlantiradi, muammolarni hal qilishni o‘rganadi.
- Do‘stlik va ijtimoiy aloqalar: Birgalikda vaqt o‘tkazish va yaqin do‘stlar bilan o‘zaro munosabatlar bola baxtining ajralmas qismidir.
- E’tibor va tushunish: Bolaning his-tuyg’ulari va fikrlari e’tiborga sazovor bo’lishi ularning shaxsiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Baxtli bolalik haqida sherlar.
Biz bolalar quvnoqmiz,
Mudom ahil, inoqmiz.
Osmonimiz musaffo,
Kelajagi porloqmiz.
Baxtli bolalik,
Gullarga to‘lsin,
Ozod Vatanim
Mangu bor bo‘lsin.
A’lochimiz o‘qishda,
Peshqadammiz har ishda.
Erkalaydi ardoqlab,
Onajonim – farishta.
Baxtli bolalik,
Gullarga to‘lsin,
Ozod Vatanim
Mangu bor bo‘lsin.
Bolalarga bering dunyoni.
Bolalikning bagʻri keng, toza,
Oʻynab-kulsa qanday zoʻr, soz-a.
Soydek joʻshib koʻnglin xoʻp yoza,
Jilovlasin ikki daryoni,
Bolalarga bering dunyoni.
Pur hikmatni oʻrganar sizdan,
Odati shu – yuradi izdan.
Goho kuchli, zehnli bizdan,
Tanib olsin ilm-u ziyoni,
Bolalarga bering dunyoni.
Moʻjizalar qilmoqqa qodir,
Oʻzbek oʻgʻli – bolajon botir,
Yuragida polvonlar yotur,
Maʼrifatdan qurgay binoni,
Bolalarga bering dunyoni.
Yarashadi shirintoyligi,
Begʻuborlik uning boyligi,
Shoʻxliklari gul chiroyligi,
Shodga ulab yer-u samoni,
Bolalarga bering dunyoni.
Oymomodan tushgan kulchalar,
Yertandirda pishgan kulchalar.
Vatan uchun aziz shunchalar,
Dunyo qadar kengdir imkoni,
Bolalarga bering dunyoni.
Bolalik baxti – bolalik haqida sherlar
Ko‘rkam Vatan qo‘ynida,
Ochildi gul-lolalar.
Madh etamiz shodlikni,
Biz baxtiyor bolalar.
***
Osmonimiz musaffo,
Tiniq otar tongimiz.
Kelajakka nur sochar –
Yolqin misol ongimiz.
***
Bolalikning sofligin,
Shalolaga qiyoslar.
Baxtimizni kuzatib
Chaqnab ketar quyoshlar.
***
Ko‘nglimizda hayajon,
Xurramlik – katta boylik.
Bolalikning qadriga
Bolalikda yetaylik!
***
Yayratadi dillarni,
O‘yin-kulgu, yallalar.
Quvonchimiz har dilda –
Kamalakday ranglanar.
***
Tinch bo‘lsin Yer kurrasi,
Olov qalblar gurlasin.
Madhiyadir olamga –
Bolalarning «urra»si!
Bolalikni kim sevmaydi.
Lolani kim sevmaydi ayting,
Bolani kim sevmaydi ayting.
Mayli unsin tog’larda lola,
Mayli ussin yayrashib bola.
Biz ularga bo’laylik bog’bon,
Mexr bilan boshin silaylik.
Kelajagin Baxtin tilaylik,
Bolalik uy kayg’udan yiroq.
Bolalik uy xamisha quvnoq.
Mayli unsin ugil – qizimiz,
Xayotdagi uchmas izimiz.
Bolalik sehrdir – Baxtli bolalik haqida sherlar.
Bolalik – sehrdir, zangori fasl,
Vatanning ertasi, tamal toshlari.
Saodat nuridan kuch olgan nasl,
Yurtimning tuganmas sarchashmalari.
Bobolar shon topib, ardoqlagan his,
Ularning ko‘nglida qayta uyg‘onish.
Birisining ismi balki To‘maris,
Birisi ulg‘ayib, bo‘lar Alpomish!
Aylanay beg‘ubor kulishlaringdan,
Sizga hamroh bo‘lsin ezgulik, safo.
Ko‘zlar quvonadi turishlaringdan,
Sizni panohida asrasin Xudo!
Dunyo bolalari.
Do‘stlikni qilib bayroq,
Dunyoning bolalari.
Quyoshga ochar quchoq,
Dunyoning bolalari.
Tinchlikka ochar quchoq
Dunyoning bolalari.
Mustaqil yurt bolasiga
Bolajon, bolajonim
Siz kelajak egasi,
Baxt bog’imiz mevasi.
Chamanlarning jilvasi,
Bolajon, Bolajonim.
Tezda o’sib, uningiz,
Shod o’tsin har kuningiz.
Kulib tursin gulingiz,
Bolajon, Bolajonim.
Dalada o’sgan bolalar.
Qo‘shiqlarga to‘ladi dunyo,
Quyosh yaqin kelar yanada.
Bunda baxtning manzili bordir,
Hayot ko‘chib kelgan dalaga.
Ariqlarni to‘ldirib yotar,
Suvga tushin aytib qamishnay.
Qo‘ltig‘iga kitob qistirib,
Qo‘y boqqani kelgan bolakay.
Bunda bari samimiy, sodda,
O‘zni erkin sezasan biram.
Oftob izhor qilsa sevgisin,
Maysalari yozadi gilam.
Quchoqlasang, sig‘adi osmon,
Yuragingga yulduz oralar.
Dunyolarni tush ko‘rib chiqar
Dalalarda o‘sgan bolalar.
Ushbu sherlar ijtimoiy tarmoqlardan olindi. Ba’zi sherlar esa savol-javoblar.com dan olindi.