8-mart uchun sherlar

8-mart uchun sherlar

8-mart uchun sherlar. 8-mart – Butunjahon ayollar kuni. Har yili 8-mart kuni dunyoning turli burchaklarida ayollar, ularning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, siyosiy yutuqlari va o‘rni nishonlanadi. Bu kun, shuningdek, ayollar huquqlari uchun kurash va gender tengligiga erishish uchun e’tibor qaratish uchun ham bir imkoniyat hisoblanadi.

8-martning tarixi

8-mart ilk bor 1909 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarida ijtimoiy tenglik va saylov huquqi uchun ayollarning namoyishlari bilan boshlangan. 1910 yilda Kopenhagendagi Xalqaro Sotsialist ayollar konferentsiyasida Klara Tsetkin taklifiga ko‘ra, Butunjahon ayollar kuni sifatida 8-martni nishonlash g’oyasi qabul qilingan.

1917 yilda Rossiyada ayollar 8-mart kuni o‘zlarining saylov huquqlarini talab qilib namoyish qilishdi. Bu namoyishlar kelajakda ayollar huquqlarining dunyoda yanada tan olinishi uchun muhim qadam bo‘ldi.

Bugungi kunda 8-mart

Bugungi kunda 8-mart nafaqat ayollar huquqlarini qo‘llab-quvvatlash kuni, balki butun dunyoda ayollarni qadrlash, ularning o‘rni va yutuqlarini nishonlash kuni sifatida nishonlanadi. Bu kun kelajak avlodlari uchun tenglik, adolat va imkoniyatlar yaratilishiga e’tibor qaratadi.

An’anaviy sovg’alar

8-mart kuni dunyoning turli mamlakatlarida ayollarga quyidagilarni sovg’a sifatida berishadi:

  • Gulchambarlar
  • Shirinliklar
  • Soatlar
  • Zargarlik buyumlari
  • Ayollarning qiziqishlariga mos sovg’alar

Bu kun oilalarda, ish joylarida, maktablarda ayollarni xursand qilish uchun sovg‘alar, tabriklar bilan birga ularning mehnati va fidoyiligini e’tirof etish urf-odatlari mavjud.

Ayollar huquqlari va 8-mart

8-mart kuni dunyoning ko‘p joylarida gender tengligi, ayollar o‘rtasidagi zo‘ravarlik, saylov huquqi va teng imkoniyatlar masalalari haqida kampaniyalar o‘tkaziladi. Bu masalalar dunyoning barcha joylarida hal qilinishi kerak bo’lgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Ayollar kunining asosiy maqsadi – ayollarning jamiyatdagi o‘rni, qadri va imkoniyatlarini tan olish bilan birga, ularning huquqlarini himoya qilish va tenglik uchun kurashni davom ettirishdir.

Onalar uchun 8 mart tabrik

Keling bugun dardingiz olay,

Bugun ishdan qo’lingiz tinsin.

Mayli bugun ishga ham bormay,

Og’lingiz ham bir ovqat qilsin.

 

Bir yilda bir yo’lim poylamang!

Yo’l poylagan ko’zingiz tinsin.

Axir bugun bayram onajon,

Bayramingiz muborak bo’lsin.

 

Mexr beray bugun sizga ko’p,

Hech bo’lmasa shu kun yayrang siz.

Dardlaringiz unutung butkul,

Odamlardek yashang bugun siz.

 

Ko’zingizda aslo yosh ko’rmay,

Bugun baxtdan bag’ringiz to’lsin.

Ona sizga uzoq umr tilay,

Bayramingiz muborak bo’lsin.

8mart haqida sherlar

Tabriklar.

Mana bugun mehribon
Ayyolarning bayrami
Xech ham yoshga to‘lmasin
Deymiz qora ko‘zlari
*
Oilasiga fidoiy
Qo‘li gul farishtalar
Bayramingiz muborak
Aziz opa singillar
*
So‘zlarida boli bor
Yuzlarida xoli bor
Sarishta go‘zal yorim
Bahtimga sen sog‘ bo‘lgin
*
Farishtam onajonim
Sizni o‘rningiz bo‘lak
Yaqinlashib kelayotgan
Bayramingiz muborak.

Ayollar omon bo’lsin – 8-mart uchun sherlar

Dаngillаmа uylаr qurdirаdigаn,

Qаrsillаtib tõylаr qildirаdigаn

Erlаrining sоqоlini,

xаr kuni qirdirаdigаn.

Ayоllаr оmоn bõlsin!

Shirin qilаr оshingni,

Zаxаr qilаr оshingni.

Tergin deyа tоshingni.

Og’ritsа xаm bоshingni.

Ayоllаr оmоn bõlsin!

Aytgаnini qilsа xаm,

Ustimizdаn kulsа xаm.

Begоnа duxilаrni,

Yuz metrdаn bilsа xаm.

Ayоllаr оmоn bõlsin!

Tur desаng õtirsа xаm ,

õtir desаng tursа xаm.

Kun bõyi pаrdоz qilib

Sаlоnlаrdа yursа xаm.

Ayоllаr оmоn bõlsin!

Jаxldа shimаrsа yeng,

Nаq enаmni kõrdim deng.

Tоqаti tоg’lаrgа teng.

Bilаgi Alplаrgа teng.

Ayоllаr оmоn bõlsin!

Bоzоrlаrdа yugurgаn.

Sаndiqlаrni tõldirgаn

Xаmmа ishgа ulgurgаn.

Ayоllаr оmоn bõlsin!

Qudа tаnlаb qidirgаn.

Suymаgаnni suydirgаn.

Muqоm qilib kuldirgаn.

Kelinini kõndirgаn.

Ayоllаr оmоn bõlsin!

8mart haqida sherlar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting