Konstitutsiya haqida sherlar – 8-dekabr sherlari. konstitutsiya moddalari.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. Bu huquqiy asos, mamlakatning davlat tuzilmasi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, davlat organlarining faoliyati tartibini belgilaydi. Konstitutsiya O’zbekistonning suverenitetini, hududiy yaxlitligini, davlat mustaqilligini ta’minlashga yo’naltirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ba’zi asosiy tamoyillari:
- Davlat suvereniteti va mustaqilligi: O’zbekiston suveren davlat sifatida mustaqil va hukmronlikni tan olgan. Davlatning barcha organlari xalq hokimiyatiga asoslanadi.
- Xalq hokimiyati: O’zbekistonda davlat hokimiyatining manbai xalqdir. Fuqarolar o’z vakillarini saylash, hamda turli davlat siyosati masalalarida bevosita ishtirok etish huquqiga ega.
- Huquqiy davlat: O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish, aholining huquq va erkinliklarini himoya qilish, adolatni ta’minlashga intilish eng yuqori maqsad hisoblanadi.
- Fuqaro huquqlari va erkinliklari: Konstitutsiya O’zbekiston fuqarolarining tenglik, erkinlik, o’z fikrini ifoda etish, to’planish, diniy erkinliklar kabi asosiy huquqlarini kafolatlaydi.
- Davlat tuzilmasi: O’zbekiston Respublikasida prezidentlik boshqaruvi shakli, ya’ni O’zbekiston Prezidenti davlat rahbari sifatida keng vakolatlarga ega. Shuningdek, parlament (Oliy Majlis) va sud hokimiyati mustaqil ishlaydi.
- Hududiy yaxlitlik: O’zbekistonning hududi yaxlit va bo’linmasdir, va bu hududiy birlikni saqlash uchun barcha choralar ko’riladi.
- Jamiyatda barqarorlik va tinchlik: Konstitutsiya mamlakatda millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan tamoyillarni belgilaydi.
Konstitutsiya oliy qomusim
Sening bitik yo‘ling kurashdir yiroq.
Bir bobing To‘maris ko‘targan chiroq,
Yozdi bir bobingni qon bilan SHiroq,
Ey, mening o‘zligim — g‘urur, nomusim,
Konstitusiyam — oliy Qomusim.
Sening manzilingni ko‘zlagan karvon,
G‘aznaviy, Temuriy, Boburiy davron,
U karvon boshida Navoiy sarbon,
Ey, mening o‘zligim — g‘urur, nomusim,
Konstitusiyam — oliy Qomusim.
Bizning konstitutsiya – Konstitutsiya haqida sherlar.
Eng sara qonunlardan,
Qomusim-oftobro’ya,
Yozilgan tilla harfdan,
Bizning konstitutsiya!
Bering bir ahamiyat,
Jamdir davlat, jamiyat,
Har modda yuksak niyat,
Bizning konstitutsiya!
Sakkizinchi dekabr,
Doim qilingay qadr,
Ozod Vatan haqdadir,
Bizning konstitutsiya!
Bayroq nima, gerb nima,
Vatan nima, yurt nima,
So’ra undan tortinma,
Bizning konstititsiya!
Bizning konstitutsiya!
Har yurakka bo’lsin jo,
Shunday ozod Vatanda,
Tinchlik so’nmasin aslo.
Sportmi yo san’atmi,
Fan yo, madaniyatmi,
Jamlar ma’naviyatni,
Bizning konstitutsiya!
Mustaqillik ne’matdir,
Qadrin bilgan Ahaddir,
O’qib o’rgansang baxtdir,
Bizning konstitutsiya!
Konstitutsiya muqaddas.
Huquqimiz bayon etguvchi,
Har moddasin bilib olsak bas
Bizni doimo himoya etar,
U barchaga birday muqaddas.
Konstitutsiya kitobi – konstitutsiya haqida sher mp3
Men baxtnoma kitobman,
Aql hamda idrokman.
Kimki meni o’qisa,
Manguga men hamrohman.
Yo’l ko’rsatib charog’on,
Sizni qilay farovon!
Sherlar takroriy shaklda e’lon qilindi.
Rasvo
Pulat Momin