Ushbu sahifamizda yangi yil sherlari haqida sherlar va nutqlar joylashtirdik. Yangi yil — bu yangi yilning boshlanishini nishonlash va eski yildan yangi yilga o’tishni bayram qilish voqeasidir. Ko’plab mamlakatlarda yangi yil 1-yanvarda boshlanadi va bu kunni turli xalq va madaniyatlarda o’ziga xos usullar bilan nishonlashadi. Yangi yilning kelishi ko’pincha bayram, yangi boshlanishlar, orzular va rejalarning amalga oshishi bilan bog’liq. Yangi yil odatda oilalar, do’stlar va yaqinlar bilan birga o’tkaziladi, sovg’alar almashiladi, o’yinlar o’ynaladi, maxsus taomlar tayyorlanadi va festivallar o’tkaziladi.
Ko’plab madaniyatlarda yangi yil, yangi imkoniyatlar va baxt keltirishi mumkin degan umid bilan boshlanadi. Misol uchun, O’zbekistonda va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarida Yangi yilni kutish va nishonlash an’anaviy bo’lib, yurtlar ko’plab bezaklar, chiroqlar va bayramlar bilan to’ladi.
Yangi yil nutqi.
Salom, salom mehmonlar.
O’g’il qizu chaqqonlar
Rosa g’ayrat qilibsiz,
Ziyofat tuzatibsiz,
Yangi yilni qarshilab,
Eskisini kuzatibsiz
Eski yilni muddati
Tugab tarixga ketdi.
Yangi yil bo’lib men ham
Kelish navbatim yetdi.
Ko’rayapsiz jujiqman,
Yillar ichra kichikman
Keldim sizga o’sgani,
Ko’p zafarlar quchgani.
Meni seving shu onda
Siznikiman shu ondan.
Ota, ona, bobolar
Ham mehribon momolar.
Menda g’ayrat qilurman
Sur’atim oshirurlar,
Siz ham a’lo o’qingiz
Bilimlarni o’qingiz
Siz o’sibsiz bir yoshga
Yurt kon bo’lsin non oshga.
Yangi yil sherlari – Inglizcha.
A happy New Year!
The day is so clear,
The snow is so white,
The sky is so bright,
We shout with all our might:
«A happy New Year!»
Qor yog’di – qish keldi.
Qor yog’di qish keldi
Archa bezab do’stlar
Atrofida yig’ildi
Yangi yil keldi do’stlar
Qor bobo qor bobo
Soqqoli uzun bobo
Ko’zlari qisiq bobo
Yangi yil keldi bobo
Sovg’alariz ko’p edi
Bolalariz ko’p edi
Bizga sovg’a yo’q edi
Endi beringgiz bobo
Dala oppoq qor yoqqan
Soat nol nolga boqqan
Eski yil marjon toqqan
Yangil yil keldi do’stlar
Kulib ko’ngil yashnaydi
Archa ko’kka o’xshaydi
Bayram qilib yashnaydi
Yangi yil keldi do’stlar
Ayoz bobo demadim
Sizni mazoq qilmadim
Sizdan sovg’a olmadim
Sovg’a beringda bobo
Shahzod sizga she’r aytar
Sovg’a deb dildan aytar
Bo’lmasa fikridan qaytar
Katta sovg’a ber bobo
Archa ko’m-ko’k turibdi
Do’stlar bir yig’ilibdi
Soat nol nol bo’lganda
Yangi yil kutilibdi.
Inglizcha sher.
If something is wrong,
This year will fix it all.
You need to be strong
And you’ll get what you want!
Happy New Year!
Kelaqol yangi yil – yangi yil sherlari.
Yangi yil kelaqol,yurakkinamga,
Tanish hislarimni qilaqol ro’yob..!
Izhor aylayqolgin tilakkinamga,
Ortiq berolmasman, sog’inchlarga tob.!
Yangi yil kechasi o’tar imillab,
Mast alast haloyiq,kezarlar bedor.
Notanish hislarni menga shivirlab,
Ohista,siypalab mayin yog’ar qor..!
Ko’ksimda izillar,sovuq hissiyot,
Yolg’izlik domidan keladi ketgim.
Yo’llarim yagona,hayot yo momot,
Ko’nglim zorlarini kelar unutgim..!
Barcha jufti bilan,kayfiyat a’lo,
Qo’ltiqlab kezadi,bayram maydonin.
Osmonda oylarni gardishi qaro,
Hushnud kutgim kelar,yangi yil onin..!
Lekin hushnudlikdan,begonaman kez,
Yiroqda shivirlar,sevgi hislari..!
Oh..bu jonim kuymoqdadir tez..,
Budir ayriliqning nohush izlari…!
Jonim sezayapman o’zimni yakka,
Qo’limdan ushlagin,boqay intiqib..!
Bu shahar yutmoqda umidlarimni,
O’zimni tobora boryapman siqib,,!
Sog’inching bunchalar bo’lmasa shirin,
O’tgan yil umidlar chiqdi puchakka..!
Aytolmay qolgandim ko’ngilni sirin,
Aylanib bormoqda tanish cho’pchakka..!
Qo’limdan tutaqol,sezayin tafting..!
Lablaring ta’mini sezay yutoqib,,!
Sog’inchim yukidan egilsin kafting.,
Yonib ketayapman,ishqimni yoqib..!
Muhabbat dardlarin yiroqqa otib,
Yurakka mehmonmi bugin yangi yil..?!
O’tgan yillarini pullagan sotib,
Azobin tatmoqda yutoqib bu dil..!
Yangi yil kelaqol,yurakkinamga,
Tanish hislarimni qilaqol ro’yob..!
Izhor aylayqolgin tilakkinamga,
Ortiq berolmasman,sog’inchlarga tob.!
Yangi yil bahtlarni etaqol tortiq..!
Zora umidlardan orom olsin jon.
Oppoq qushga o’xshar yangi yil.
Oppoq qushga o‘xshar yangi yil,
Qanotlari par kabi mayin.
Nelarnidir sog‘inar ko‘ngil,
Sog‘inch ortar yil o‘tgan sayin.
Uy to‘rida qadrdon archa,
Qadrdondir o‘yinchoqlar ham.
Faqat o‘zim bezagim kelar,
Qizg‘onaman uni hammadan.
Sog‘inaman bolaligimni,
Yuragimda armonlar xil-xil.
Bergim kelmas uni hech kimga,
Bolalikni qizg‘onadi dil!
Yangi yil haqida boshqa sherlar Qor haqida sherlar Qish haqida sherlarYangi yil kuyi.
Osmonlardan rang-barang zambaraklar mo’ralar,
Qong’iroqlar jarangi olam uzra taralar.
Yuzdagi tabassumlar quvonchlarni ulashar,
Ohangrabo sadolar davralarda qizishar.
Eshik qoqib sho’x-shodon kirib keldi yangi yil,
Olis safarlar kezib, mehmon bo’ldi yangi yil
Bu kechada barchamiz, mo’jizalar kutamiz,
Dilni charog’on aylab, zavqlik gashtin suramiz.
Tongacha o’yin-kulgu, raqslarga tushamiz,
Go’zal tilaklar aytib, qator-qator qo’shamiz
Eshik qoqib sho’x-shodon kirib keldi yangi yil,
Olis safarlar kezib, mehmon bo’ldi yangi yil.
Archalar bezatilgan, nozu ne’mat tortilgan,
Zebu zarlar har yonda, go’zal olam yoritilgan.
Iliq, shirin niyatlar, qadahlarda bitilgan,
Yangi yilning sevinchi yuraklardan otilgan.
Yangi yilga yetdik.
Mayliga hovlimiz qorga to’lsa ham.
Archa atrofida barchamiz masrur.
Mayliga qorbobo soxta bo’lsa ham.
Yangi yilga yetdik Xudoga shukur.
Eski yilda qolsin, gina-yu kudrat.
Xafalashgan do’stga ko’rsating hurmat.
Hayot og’ir qadam tashlagan fursat.
Yangi yilga yetdik Xudoga shukur.
Eski yilda qolsin barcha dardimiz.
Eski yilda qolsin armonlarimiz.
Yangidan kuch olib darmonlarimiz.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.
Tinchgina diyorda, shodon-u xurram.
Kutib olinmoqda yangi yil bayram.
Goho xorib qoldik, gohida shaxdam.
Yangi yilga yetdik Xudoga shukur.
Shu kabi sherlarni savol-javob.com saytidan olishingiz ham mumkin.
Yaxshi