1-oktabr o’qituvchi va murabbiylar kuni sherlar

1-oktabr o'qituvchi va murabbiylar kuni sherlar

1-oktabr o’qituvchi va murabbiylar kuni sherlar. Ushbu maqolada 1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni deb nishlanadigan bayram yoki Ustozlar kuni deb ataladigan kunga atab sherlarni taqdim etamiz.

1-oktabr uchun tabriklar tilaklar.

  • Sizning sabringiz va e’tiboringiz har bir o’quvchiga yo’l ko’rsatadi. Har doim bunday yuksak ruhda qoling!
  • Sizning bilim va tajribangiz har bir talabaning yurtimiz kelajagiga xizmat qiladi. Sizni qadrlaymiz!
  • O’quvchilaringizni har doim ilhomlantiradigan, ular uchun eng yaxshi yo’lni ko’rsatuvchi bo’ling. Sizning mehnatingiz beqiyos!
  • Sizning darslaringizda har doim yangi g’oyalar va imkoniyatlar mavjud. Barchamiz sizdan o’rganamiz!
  • O’qituvchi sifatida sizning o’zgaruvchan dunyoga moslashishingiz va yangiliklarga ochiqligingiz bizni ilhomlantiradi. Rahmat!
  • Sizning mehribonligingiz va g’amxo’rligingiz har bir o’quvchini kuchliroq qiladi. Siz haqiqatan ham o’qituvchisiz!
  • O’qitish jarayoni sizning g’ayratingiz bilan yanada boyitiladi. Sizning har bir darsingizni kutamiz!
  • Sizning ishingiz hayotimizda muhim iz qoldiradi. Har bir o’quvchiga ilhom berayotganingiz uchun rahmat!
  • O’qituvchi sifatida sizning ishingiz hech qachon unutilmaydi. Sizning bilimlaringiz avloddan avlodga o’tadi!
  • Sizning g’oyalar va yondashuvingiz kelajak avlodlarni ilhomlantirishda davom etadi. Siz bilan birga o’rganish — katta baxt!

1-oktabr ustozlar haqida sherlar.

Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.
Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.

Ustoz – 1 oktabr she’rlar

Ustoz, sizning darslaringiz – bilimning o‘sishi,
Sizning yo‘lingizda har qadam muvaffaqiyat.
Sizning saboqlaringiz bizni ilhomlantiradi,
Har bir maslahat, har bir so‘z – biz uchun katta ahamiyat.

Sizning yordamingiz bilan yuksaldik biz,
Bilim va mehnatingiz qalbimizda qoladi.
Siz bilan o‘rgandik sabr va mardlikni,
Sizning bilimlaringiz doimo bizni yoritadi.

Ustoz, sizni doimo hurmat qilamiz,
Sizning mehnatingiz biz uchun muhim.
Har bir darsingiz, har bir maslahat,
Bizni har doim yuksak orzular sari yetaklaydi.

Ustoz haqida yana sherlar Ustoz haqida tabriklar 20 ta ustoz haqida sherlar

Muallim – 1-oktabr haqida sherlar

Ilk bora qölimdan ohista tutib
Harflar dunyosining sirini ochgan.
Öqigan sinfimning yonida kutib
Muallimim,menga quchog’in ochgan.

Barcha erkalik va injiqliklarim
Kötarib yelkada xuddi onamdek.
Atagan bisotda bor yaxshiliklarin
Muallimim,qahri edi otamdek.

Siz aziz zot sabab,rizqim ulug’dir
Qadamim mardona,tegramda ilm.
Atrofda öquvchim-quvonch töliqdir
Muallimim,doimo minnatdor dilim.

Bugun özim ustoz,qadringiz bildim,
Bardoshning bölishin naqadar kerak.
Bergan nasihatingiz quloqqa ildim,
Muallimim,Sizgadir eng ezgu tilak.

Yurgan yölingizda unsin gulzorlar
Umrlar köringiz uzoq,sermazmun.
Körmangiz xastalik va dilozorlar,
Muallimim,chehrangiz bölmasin mahzun.

Oddiy muallim-da, oddiy muallim sheri.

Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq
Kimlardir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zotga xarf o’rgatgan kim?…
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Tuproqdek xokisor, bezota jonlar,
Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,
Ammo Temurdayin Sohibqironlar
Pirim deb , etgain o’pgan bor.
Qaysar joxongirga yo’l ko’rsatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrapni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogirdin o’ylab yotgan kim?…
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh —
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bеbaho tilsim —
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa—
Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

Ustoz haqida yana sherlar Ustoz haqida tabriklar 20 ta ustoz haqida sherlar

Shu kabi sherlar va boshqa ma’lumotlar telegram kanalimizdan yuklab oling.

7 Izohlar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting