📌 Avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestasiyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish boshlandi.
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari joriy yil avgust-dekabri oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestasiyada ishtirok etishlari uchun 1 avgustdan 1 oktyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi mumkin.
📌 Murojaatlarni:
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb-saytidagi 👉 https://pedkadr.uzedu.uz/ – platformasi orqali;
✅ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 👉 my.gov.uz/uz orqali
✅ Davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.
📆 Avgust – sentyabr oylarida murojaatlar qabul qilinadi;
📆 Oktyabr – Noyabr oylarida malaka (test) sinovlari o‘tkaziladi;
📆 Dekabr oyida Sertifikatlar tarqatiladi.
💲 Ro’yxatdan o’tish narxi:
Navbatdagi majburiy topshiradiganlar uchun – BEPUL
Navbatdan tashqari – 306 ming so’m