Soatbaylarga ta’til puli to’lanmaydimi?

Soatbaylarga ta'til

Assalomu alekum.Ikki maktabda o’qituvchi bo’lib ishlayman Biri asosiy ikkinchisi o’rindosh,asosiy joyimdan darsim 16 soat o’rindosh joyimdan 10 soat darsim bor O’rindosh joyimdan mehnat tatili puli to’lanadimi yoki to’lanmaydimi qaysi band qaysi moddaga asosan Buxgalterimiz mehnat ta’tiliga chiqasiz lekin puli to’lanmaydi deyapti Mehnat ta’tili puli faqat asosiy joyizdan beriladi deyapti Shu masalaga aniqlik kiritib bering Oldindan rahmat.

YURIST JAVOBI:

Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-son qaroriga 3-ilovada tasdiqlangan Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to’lash to’g’risida Nizom 12-bandiga muvofiq pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq to’lash:
👉 ketma-ket ikki oydan ortiq bo’lmagan davrda kasallik yoki boshqa sabablar bilan ishda bo’lmagan xodimlarning o’rnini bosish tartibida ishlab berilgan soatlar uchun haq to’lashda;
👉 boshqa muassasalardan jalb etiladigan o’qituvchilar va boshqa mutaxassislarning, shu jumladan o’rindoshlik bo’yicha boshqa maktablardan jalb etiladigan o’qituvchilar va mutaxassislarning pedagogik ishi uchun haq to’lashda;
👉 o’rnini bosish tartibida umumta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan o’tilgan o’quv soatlari uchun haq to’lashda qo’llaniladi.
Mana shu holatlarda maktabdagi darslar o’qituvchilarga soatbay dars biriktirilishi mumkin.

➡️ Soatbaylarga haq to’lashda esa, O’quv mashg’ulotlarini o’tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to’lash miqdorlarini tasdiqlash to’g’risida qarorga (ro’yxat raqami 3157) muvofiq umumta’lim maktablarining boshlang’ich va yuqori sinflari o’qituvchilari, o’qituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri Mehnatga soatbay haq to’lash miqdori bazaviy lavozim maoshlariga nisbatan 1.20 foizda haq to’lanadi.

Shunga ko’ra soatbay o’tilgan darslarga ta’til puli to’lanmaydi.

Manba: @yurist_xizmati

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting