O’qituvchilarni bolalarni ro’yxatga olishga jalb qilish mumkinmi

O'qituvchilarni bolalarni ro'yxatga olishga jalb qilish mumkinmi

Assalomu aleykum. Men maktabda rus tili o’qituvchisi bo’lib ishlayman. Maktab o’qituvchilariga ilmiy mudir tomondan «HUDUDIY BO’LAK» deb nomlangan daftar berilib uyma uy yurib aholi, maktabga keladigan bolalar ma’lumoti yozib chiqish topshirigi berilgan. SAVOLIM: o’qituvchi majburmi uyma uy yurib aholi, maktabga keladigan bolalar haqida ma’lumot yig’ishga??? Bizga maktabda bu ish har bir o’qituvchini vazifasi deyilgan. Shu qanchalik qonunan to’g’ri?

YURIST JAVOBI:

🙅‍♂ Bu majburiy mehnat emas.

❌ Pedagogning maqomi to’g’risidagi qonun 5-moddasiga muvofiq pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.

☝️E’tibor bergan bo’lsangiz, qoidada kasbiy faoliyatga bog’liq bo’lmagan ishlarga deyilgan. Bunda hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo’jaligi ishlariga jalb qilish, aholining soliqlar, kommunal to’lovlar, kreditlar va boshqa qarzdorligi to’g’risidagi ma’lumotlarni, bitiruvchilarning bandligi ta’minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish va boshqalar pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan ishlar toifasiga kiradi.

Endi qarang! Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumta’lim maktabi to’g’risida”gi nizomning 39-bandiga ko’ra maktab yoshidagi bolalarni umumiy o’rta ta’limga qamrab olish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida umumta’lim muassasasi tomonidan ro’yxatga olish orqali amalga oshiriladi.

Bunda biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo’yicha ro’yxatga olingan va haqiqatda yashovchi oila farzandlari inobatga olinadi.

☝️E’tibor bergan bo’lsangiz, bolalar umumta’lim muassasasi tomonidan ro’yxatga olinishi belgilangan.

✅ Shunga ko’ra bu masalada maktab direktor bu vazifani bajarish uchun maktab xodimlarni jalb qilishga haqli.

Bunda Umumiy o’rta ta’lim muassasalari (ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan ixtisoslashtirilgan muassasalar) xodimlarining lavozim majburiyatlarini tasdiqlash haqidagi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 20 – dekabrdagi 565-sonli buyrug’iga 37-ilova asos bo’ladi.
Manba: @Yurist_Xizmati‌

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting