O’qituvchilarga ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi.
Hukumat qarori (30.09.2019 №823) bilan tasdiqlangan nizomga asosan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga 40 foizgacha har oylik ustamalar belgilanadi.
👩🏻🏫Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
➖ 65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
➖71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
➖76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
➖81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
➖86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
➖91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
➖96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.
✅Oʻqituvchilar 40 foizlik ustamadan tashqari metod birlashma rahbarligi uchun yana 10 foiz ustama olishlari mumkin.
📚Kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplangan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
➖65 — 75 ball toʻplasa — 10 foiz;
➖76 — 85-ball toʻplasa — 15 foiz;
➖86 — 100 ball toʻplasa — 20 foiz.
👫Psixolog xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplangan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
➖65 — 75 ball toʻplasa — 10 foiz;
➖76 — 85-ball toʻplasa — 15 foiz;
➖86 — 100 ball toʻplasa — 20 foiz.