Avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish bugundan boshlandi.
Maktabgacha, umumiy o’rta va maktabdan tashqari taʻlim tashkilotlari pedagog kadrlari joriy yil avgust-dekabr oylarida o’tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-avgustdan 1-oktabrga qadar ro’yxatdan oʻtishi va murojaat yuborishi mumkin.
Murojaatlar:
➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedkadr.uzedu.uz platformasi;
➖ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
➖ Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.