Formativ va Summativ baholash

Formativ va Summativ baholash

Formativ va Summativ baholash haqida. O’qituvchilar bo’limga summativ baholash hamda formativ baholash tizimi haqida ma’lumotlarni joylashtirdik.

Formativ va summativ baholash ta’lim jarayonida muhim rol o’ynaydi. Ularning asosiy farqlari quyidagilardir:

Formativ baholash:

  1. Maqsad: Ta’lim jarayonini yaxshilash, o’quvchilarning o’zlashishini kuzatish va ularning qiyinchiliklarini aniqlash.
  2. Vaqti: O’qish jarayonida, dars davomida yoki darsdan keyin.
  3. Usullar: Savollar, testlar, dars davomida muhokamalar, guruh ishlari, o’z-o’zini baholash.
  4. Natija: O’qituvchilar va o’quvchilar uchun foydali ma’lumot beradi, o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini aniqlashga yordam beradi.
  5. Xususiyatlar: Nisbatan norasmiy, o’quvchilarning o’zlashtirishini rivojlantirishga yo’naltirilgan.

Formativ baholash – o‘quvchilarning faolligi, bilim olishi, ehtiyojlari va o‘sishi haqida ma’lumot beruvchi doimiy jarayon bo‘lib, ularning darsdagi faoliyatini kuzatish, uy vazifalarini nazorat qilish, qisqa testlar, so‘rovnomalar va shu kabi boshqa shakllarni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi .

A-Formativ baholash O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv faoliyatining doimiy monitoringini o‘tkazish qoidalari doirasida ishlab chiqilgan, tasdiqlangan va amaldagi 284-sonli buyrug‘iga kiritilgan.

Formativ belgilar qanday hisoblanadi?

formativ belgilar qanday hisoblanadi

Formativ baholash qanday qismlardan iborat?

Formativ baxolar 60% sinf ishiga va 40%  uy ishiga taqsimlanadi. O’qituvchi sindagi ish va uy vazifasi uchun bahoni jurnalda bir katakda umumlashtirib o’rta ballini kiritadi.

Darsdagi ish va UV uchun formativ ballar Baho O’zlashtirish darajasi Belgilash
8-10 5, 4 A’lo, Yaxshi yashil
5-7 3 Qoniqarli sariq
1-4 2 Qoniqarsiz qizil

Summativ baholash:

  1. Maqsad: O’quvchilar bilim va ko’nikmalarini umumlashtirish va baholash.
  2. Vaqti: O’qish jarayonining oxirida, masalan, semestr yoki yil oxirida.
  3. Usullar: Imtihonlar, yakuniy testlar, kurs ishi, loyiha ishlari.
  4. Natija: O’quvchilar bilim darajasini aniqlash va baholash, yakuniy ballarni belgilash.
  5. Xususiyatlar: Rasmiysal, natijalar asosan sertifikatlar yoki baholar bilan tasdiqlanadi.

Summativ baholash — oʻqishning maʼlum bir davrida (oʻquv dasturining boʻlim va boblari, choraklik, oʻquv yili oxirida) oʻquvchining davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturlarida belgilangan kompetensiyalarni egallaganlik darajasini rasmiy baholash jarayoni boʻlib, test, yozma ish, ogʻzaki suhbat, loyiha ishi, taqdimot ishlari, amaliy mashgʻulot, laboratoriya ishi, ijodiy ishlar va shu kabi boshqa shakllar yordamida amalga oshiriladi.

Bunda, oʻqituvchi summativ baholash natijasida oʻquvchining oʻzlashtirishidagi ehtimoliy boʻshliqlarni aniqlaydi, ularni oʻquvchi bilan birgalikda bartaraf qilish boʻyicha ishlaydi.

Summativ baholash MMTV tomonidan joriy o’quv faoliyatini nazorat qilish qoidalari doirasida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, 248-sonli buyruqning joriy versiyasiga kiritilgan.

Summatik ishlarning turlari.

  • bob boʻyicha summativ baholash (keyingi oʻrinlarda – BSB) – bob, boʻlim yakunida belgilangan kompetensiyalarni egallaganlik darajasini rasmiy baholash jarayoni;
  • chorak boʻyicha summativ baholash (keyingi oʻrinlarda – CHSB) – chorak yakuni boʻyicha belgilangan kompetensiyalarni egallaganlik darajasini rasmiy baholash jarayoni;
  • Loyiha ishi;

Chorak davomida fanlar uchun belgilangan haftalik soatlardan kelib chiqib, BSB uch martagacha va CHSB bir martagacha (chorak oʻrtasida va oxirida) summativ baholash oʻtkaziladi.

Bunda, fanlardan choraklik baho chiqariladigan (haftada 0,5 soat oʻqitiladigan fanlar uchun oʻquv yili yakunida, haftada 1 soat oʻqitiladigan fanlar uchun birinchi va ikkinchi yarim yillik) muddat inobatga olinadi.

Eslatma: Har bir fan boʻyicha summativ baholash (BSB va CHSB) materiallari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (keyingi o‘rinlarda – Markaz) tomonidan taqdim etiladi.

Summativ baholashni o’tkazish tartibi.

  1. Baholashning shaffofligini taʼminlash maqsadida fanlar boʻyicha tegishli summativ baholash barcha parallel sinflar uchun yagona talablar asosida oʻtkaziladi va Markaz tomonidan ishlab chiqilgan mezonlar asosida tekshiriladi.
  2. Choraklik summativ baholash jadvali chorak boshlangunga qadar umumiy oʻrta taʼlim muassasasining metodik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi. Bunda, bitta sinfda bir oʻquv kuni mobaynida 3 ta fandan ortiq boʻlmagan va umumiy vaqti 5 soatdan oshmagan holda summativ baholash amalga oshirilishini inobatga olish lozim.
  3. BSB ishlari fan oʻqituvchilari tomonidan tekshiriladi va xolisona va adolatli tekshirilganligini nazorat qilish uchun umumiy oʻrta taʼlim muassasasida har bir metod birlashma aʼzolaridan iborat ishchi guruh tuziladi. Tekshirish yakuniga koʻra oʻquvchilarning toʻplagan ballari bir hafta muddat ichida elektron jurnalga joylashtiriladi.
  4. Summativ baholash paytida ichki tartib-qoidani buzgan oʻquvchilarbaholashdan chetlashtiriladi va bu honda dalolatnoma tuziladi. Quyidagi holatlar ichki tartib-qoidani buzish deb hisoblanadi:
      • boshqa oʻquvchilar bilan gaplashish yoki ulardan yordam olish/berish;
      • ruxsat etilmagan manbalardan, shuningdek, elektron qurilmalardan (telefon, planshet, eshitish moslamalari, aqlli soatlar va shu kabilar) foydalanish;
      • nazorat materiallarini boshqa oʻquvchilarga berish yoki almashtirish.

5. Asosli sabablarga koʻra summativ baholash jarayonida qatnasha olmagan oʻquvchilar uchun  baholash jarayoni alohida oʻtkazilishiga ruxsat beriladi. Qayta topshirishni tashkil etish to’g’risida batafsil ma’lumot MMTV ning 284-sonli buyrug’i ilovasining 12-bandida keltirilgan.

Qisqacha xulosa:

Formativ baholash o’quv jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi muloqotni kuchaytirishga yordam beradi, summativ baholash esa o’quv jarayonining yakuniy natijalarini ko’rsatadi. Har ikkala baholash turi ta’limda muhimdir va birgalikda samarali o’qish muhitini yaratadi.

Ushbu kabi ma’lumotlarni telegram kanalimizdan ham o’qishingiz mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting