Emaktab.uz (kundalik.com) tizimning tiliga (rus va o’zbek tillarida) qanday Davomat qo’yilsa to’g’ri bo’lishini bilasizmi?

Emaktab.uz (kundalik.com)

Emaktab.uz(kundalik.com) tizimning tiliga (rus va o’zbek tillarida) qanday Davomat qo’yilsa to’g’ri bo’lishini bilasizmi?.

❗️Uzurli sabablar:

➖Sababli dars qoldirganligini ko‘rsatish uchun (dq | п)
➖Kasallik sababli dars qoldirganligini ko‘rsatish uchun (k | б)

❗️Sababsiz holatlarda:

➖Hech qanday sababsiz dars qoldirganligini ko‘rsatish uchun (s | н)
➖Surunkali dars qoldirayotganligini ko‘rsatish uchun (m | c)
➖Respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini ko‘rsatish uchun (ch | зг)
➖Farzand ta’lim olishiga Ota-onasi qarshilik qilayotganligini ko‘rsatish uchun (q | рп)
➖Ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini ko‘rsatish uchun (ns | бк)
➖Turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini ko‘rsatish uchun (tq | сп)

❗️Boshqa sabablar:

➖Darsga kechikkanligini bildirish uchun (kq | о)

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting