Vatan haqida maqollar

vatan haqida maqollar

Vatan haqida maqollar. Ushbu maqolada O’zbekiston ona vatan haqida 10 ta 20 ta maqol va ko’plab maqollarni joylashtirdik. Vatan haqida yozilgan maqol o’z ichiga vatanimizning go’zalligi va tarixiy ahamiyatini chuqur aks ettiradi. Muallif vatan tuyg’usining inson hayotidagi o’rni va uning tarbiyaviy jihatlarini alohida ta’kidlaydi. Vatanimizning madaniy merosi va an’analari, o’zlikni saqlashda qanday muhim rol o’ynashi haqida ham fikr yuritiladi. Mustaqillik va vatanparvarlikning ahamiyati, ularga bo’lgan munosabatlar maqolada keng yoritilgan. Umuman olganda, bu maqollarni o’qiydiganlarni vataniga bo’lgan sevgisini yanada oshirishga undaydi

Vatan haqida maqollar.

Aylanasi ovuli, 
To’garagi to’rkuni.

Ayrilmagin elingdan, 
Quvvat ketar belingdan.

Badqavm bo’lsang bo’l, 
Beqavm bo’lma. 

Baliq suv bilan tirik, 
Odam — el bilan.

Begona tuproq — devona tuproq.

Betkay ketar, bel qolar, 
Beklar ketar, el qolar.

Birovning yurtida bek bo’lguncha, 
O’zingning yurtingda it bo’l.

Bulbul chamanni sevar, 
Odam — Vatanni.

Bulbulga bog’ yaxshi, 
Kaklikka — tog’.

Muqaddas Vatan gadosi — kafan gadosi.

Jon Vatan uchun o’lmoq ham sharaf.

Vatan qadrini bilmagan o’z qadrini bilmas.

Vatanga kelgan — imonga kelar.

Vatanga falokat — o’zingga halokat.

Vatangado bo’lguncha, 
Kafangado bo’l.

Vatandan yiroqlashgan — nomusdan o’lar.

Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning — taxti.

Vataning tinch — sen tinch. 

Vatanni sotgan er bo’lmas.

Vatan haqida maqollar 10 ta.

Vatan haqida maqollar 10 ta.

  1. Vatanning vayronasi — Umrning g’amxonasi.
  2. Vatanning vayronasi — Umrning hayronasi.
  3. Vatansiz inson — kuysiz bulbul.
  4. Dindan chiqsang ham, eldan chiqma.
  5. Dushmanga nafrati bo’lmaganning Vatanga muhabbati bo’lmas.
  6. Yordan ayrilsang ham, eldan ayrilma.
  7. Yoridan ayrilgan yetti yil yig’lar, Yurtidan ayrilgan o’lguncha yig’lar.
  8. Yoringni gul orasidan izla, Erkingni — el orasidan.
  9. Yigit g’ami elida, Elning g’ami dilida.
  10. Kiymoqqa katan yaxshi, Turmoqqa vatan yaxshi.

Vatan haqida maqol 20 ta.

Vatan haqida maqollar 20 ta.

  1. Kishi yerida sulton bo’lguncha, 
    O’z elingda cho’pon bo’l.
  2. Kishi yurtida sulton bo’lguncha, 
    O’z yurtingda ulton bo’l.
  3. Kishi yurtida shoh bo’lguncha, 
    O’z yurtingda gado bo’l.
  4. Ko’lning otini balig’i chiqarar.
  5. Ko’rpang qayerda bo’lsa, Ko’ngling shu yerda.
  6. Non gadosi bo’lsang ham, Yurt gadosi bo’lma.
  7. Ona yerning tuprog’i — ona sutidan aziz. 
  8. Ona yurting — oltin beshiging.
  9. Ona yurting omon bo’lsa, 
    Rangi ro’ying somon bo’lmas.
  10. Sigirning suti — tilida, 
    Erning quti — elida.
  11. Sovuq urgandan qolar, 
    Tuproq surgandan qolmas.
  12. Suvni bersang elga, 
    Yasharsan ming yilga.
  13. Tovushqonga tug’ilgan tepasi aziz.
  14. Tuqqan yerda tug’ing tik.
  15. Tuqqan elga jon tortmasa ham, qon tortar.
  16. Tug’ilgan yerdan ko’ngil uzilmas, 
    Yurt qo’riganning yurti buzilmas.
  17. Tug’ilgan yering — Vataning, 
    Vataning — nomusing.
  18. To’ygan yerdan tuqqan yer yaxshi.
  19. Ursa ham, el yaxshi, 
    So’ksa ham, el yaxshi.
  20. Fil tushida Hindistonni ko’rar.

Ona vatan haqida maqollar.

Ona vatan haqida maqollar.

Changal ham o’z joyida gurillar.

Ekin yerida ko’karar, 
Er — elida.

El bor bo’lsa, er xor bo’lmas, 
Er bor bo’lsa, el xor bo’lmas.

El boshiga tushgani — 
Er boshiga tushgani.

El ishini er qilur, 
Er qadrini el bilur.

El-kunim bo’lmasa, 
Oy-kunim tug’masin.

El tilagin tilagin, 
Siniq ko’nglin siylagin.

El egasiz bo’lmas, 
To’n — yoqasiz.

El qudrati — chin qudrat, 
Vatan tuprog’i — qimmat.

El qurimasa, yer qurimas.

El — qo’ngan yerda, 
Ot — to’ygan yerda.

El qo’ngan yerni bilar,
Ot to’ygan yerda tinar.

El g’amini bilgan elda doston.

Elga manzur — erga manzur. 

Bilib ol: Elga xizmat — oliy himmat.

Elga qo’shilgan moy yutar, 
Eldan ayrilgan qon yutar.

Elga qo’shilganning ko’ngli to’q, 
Eldan ajralganning beti yo’q.

Elga qo’shilsang, er bo’lasan, 
Eldan ajralsang, yer bo’lasan.

Elda bori — senda bori.

Eldan ayrilguncha, jondan ayril.

Eliga vafo qilgan 
Yoviga jafo qilar.

Elidan bezgan er o’ngmas, 
Ko’lidan bezgan g’oz o’ngmas.

Elim boshqa degan, el bo’lmas.

Eling senga cho’zsa qo’l, 
Unga doim sodiq bo’l.

Eling-yurting bo’lmasa, 
Oying-kuning bo’lmasin.

Elli yer — bozor, 
Elsiz yer — mozor.

Ellik yilda el yangi.

Misol : Elning baxti — erning baxti.

Elning ichi — oltin beshik.

Bu ham : Elning yirtig’iga yamoq bo’l, 
Uzuniga uloq bo’l.

Elning egasi bo’l, 
Tobutning chegasi bo’l.

Elning g’ami — erning g’ami.

Er bolasi — el bolasi.

Er yigit o’zi uchun tug’ilar, 
Eli uchun o’lar.

Eringdan bezsang ham, 
Elingdan bezma.

Erning ishi — elning bo’ynida, 
Elning ishi — erning bo’ynida.

Erning moli — elning moli.

Yurt boshiga ish tushsa, 
Er yigit hozir.

Vatan haqida maqol va hadislar.

Yurt egasi yo’lbarsdir, 
Oldirgani qo’ymasdir.

Yurt qo’ri, eling o’sar, 
Qo’rimasang, uying to’zar.

Yurt qo’risang, o’sarsan, 
Qo’rimasang, to’zarsan.

Yurtda odam bo’lmasa, 
To’ng’iz tepaga chiqar.

Yurtdan ayrilganni yov chopar.

Yurtdan ketgan, yurtmonda. 

O’tar hasrat, armonda.

Yurti boyning o’zi boy.

Yurtim — ko’ksim, 
Elim — iligim.

Yurting omon — o’zing omon.

Yurtni dedim, yuzga kirdim.

Yaxshi yigit yurt tuzar, 
Yomon yigit yurt buzar.

O’z uyim — o’lan to’shagim.

O’z yurtingning qadri 
O’zga yurtda bilinar.

O’z yurting — o’lan to’shaging, 
O’zga yurt bo’lmas beshiging.

O’zbek iskab bo’lsa ham, elini topar.

O’zga yurtning qozisi bo’lgandan, 
O’z elingning tozisi bo’l.

O’zga yurtning boshi bo’lgancha, 
O’z yurtingning toshi bo’l.

O’zga yurtning gulidan,
O’z yurtingning cho’li yaxshi.

O’lsang o’l, 
Vataningda bo’l.

O’pkadan urgan yel yomon, 
Elidan ayrilgan er yomon.

Qorong’i qolgan yurtda 
Qorashaqshaq podsho bo’lur.

Qurigan yurtga qul oqsoqol. 

Qush butaga sig’inar, 
Odam — Vatanga.

Qush ham ketsa keladi, 
O’z elini sevadi.

Har kim — eliga, 
O’rdak – ko’liga.

Har kimning o’z eli — o’ziga shirin.

Har ko’katning o’z suygan tuprog’i bor.

Himmatli er, 
O’z elini der.

Shu kabi talimga oid yangiliklarni telegramda kuzating.

Ushbu ma’lumotlar ziyouz.com saytidan olindi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting