Matematika mantiqiy savollar javobi bilan

Matematika mantiqiy savollar javobi bilan

Matematika mantiqiy savollar javobi bilan. Ushbu maqolada mantiqiy savollar va matematikadan eng zo’r mantiqiy savollar berilgan. Javoblari ham bor. Matematik mantiqiy savollar quyidagilar.

Mantiqiy Savollarning Ahmiyati:

Mantiqiy savollar matematikani o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Ular o’quvchilarda:

  • Fikr yuritish qobiliyatini oshirish
  • Muammolarni tahlil qilish
  • Yana boshqa matematik tushunchalarni mustahkamlashga yordam beradi.

Matematika mantiqiy savollar javobi bilan.

To’rtburchak shakldagi xonaning har bir burchagida bittadan mushuk o’tiribdi. Har bir mushukning qarshisida uchtadan mushuk o’tiribdi. Xonada hammasi bo’lib nechta mushuk o’tiribdi ?(Javob: 4 ta mushuk)

Bir qurbaqa 30 m quduqdan kunduz 3 metr yuqoriga kechalari 2 metr pastga harakat etsa, quduqdan necha kunda chiqadı?
(Javob: 28 kunda, chunki oxirgi kuni orqaga harakat qilmaydi!)

Daraxtni 4 ta shoxi bor, har bir shoxida yana 4 tadan shoxchalari bor, bu shoxchalar ham yana 4 tadan mayda shoxchalarga bo’lingan va ularni har birida bittadan olma bor, barcha olmalar sonini hisoblang?
(Javob: 4*4 *4 = 64)

Quyon ikki oyog`ida turganda 5 kg kelsa 4 oyog`ida tursa necha kg keladi.
(Javob: 5kg)

80 va 20 sonlarining ayirmasiga 20 ni qo‘shing.
(Javob: 80)

Daraxt shoxiga 20 ta chumchuq qo`ndi, ulardan ikkitasi otib tushirildi. Daraxtda nechta chumchuq qoldi?
(Javob: qolmaydi)

Bir bola ko`chadan 1-so`m pul topib oldi, agar ko`chaga 2 ta bola chiqsa necha so`m topib olardi?
(Javob: 1 so`m)

Agar 3 o’nlikni 4 o’nlikka ko’paytirsak qanday son hosil bo’ladi?(Javob: 1200 soni)

120 ning choragi qancha bo’ladi?
(Javob: 30)

Bir gektar necha metr kvadratga teng?
(Javob: 10 000 m²)

Matematik mantiqiy savollar javoblari bilan davomi.

5 xonali sondan iborat parol qo’yilgan, Bu parolni ochish uchun necha xil variantda son terish kerak ?
(Javob: 99 999 xil taxminiy sonni terish kerak)

10 ning 5% i kattami, 5 ning 10% i kattami ?
(Javob: teng)

900 , radian o’lchovda qanday bo’ladi?
( Javob: π/2)

Uchburchak ichki burchaklari yig’indisi necha gradusga teng?
(Javob: 180°)

9 ning qanday darajasi 27 ga teng bo’ladi?
(Javob: kubi yoki 3-darajasi)

Xonadagi pashshalar kuniga ikki marta ko’payadi. Agar xona o’n kunda pashshaga to’lgan bo’lsa, nechanchi kuni xona yarim bo’lagan?
(Javob: 9-kuni)

Yon daftar muqovasi bilan 200 so’m turadi. Agar yon daftar muqovasidan 100 so’m qimmat tursa, yon daftarning o’zi qancha turadi?
(Javob: 150 so’m)

1 ning 15-darajasi nimaga teng?
(Javob: birga)

Qayin daraxtida 8 ta shox, har bir shoxda 8 ta olma bo’lsa, hammasi bo’lib nechta olma bor?
(Javob: qayin daraxtida olma bo’lmaydi)

Menda 10 so’m bor, sizda 15 so’m bor. Pulimiz teng bo’lishi uchun necha so’m pul berasiz menga?
(Javob: 2,5 so’m. Shunda 12,5 = 12,5)

30 sonidan 6 marta kichik sonni ayting.
(Javob:5 soni)

Shu kabi ta’lim xabarlarini telegramdan yuklab oling.

Ushbu ma’lumotlar saytlardan olindi.

12 Izohlar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting