Ismlar ro’yxati

Ismlar ro'yxati o'gil bolalar va qizlar uchun

Ismlar ro’yxati. O’g’il bolalar va qiz bolalar uchun Ismlar ro’yxati 2024-2025 taqdim etamiz.

O’gil bolalarga eng ko’p qo’yiladigan ismlar !

Muhammad, Mustafo, Imron, Ali.

Qiz bolalarga eng ko’p qo’yiladigan ismlar !

Imona, Mubina, Madina, Muslima, Soliha.

Ismlar ro’yxati.

Ismlar ro'yxati 2024

  • Aziza      —    qadrli, qimmatli, tabarruk, hurmatli yoki qudratli, izzatli, noyob. Arabcha.
  • Akifa     —    g‘ayratli, shijoatli, xudojo‘y qiz. Arabcha.
  • Alima     —    bilimli, aql-zakovatli, dilkash qiz. Arabcha.
  • Anora      —    qizil holli, norli qiz. Fors-tojikcha.
  • Asal         —    asaldek shirin, totli, ya’ni yoqimtoy, suyukli, sevimli qiz. Arabcha.
  • Asila       —    aslzoda, nasli toza qiz, sof, pokiza, qalbi g‘uborsiz, benuqson qiz. Arabcha.
  • Abdurrahmon      —       o‘ta mehribon Allohning bandasi. Arabcha
  • Abdurrashid        —      barcha ishlari to‘g‘ri chiquvchi Allohning bandasi. Arabcha
  • Abdussamad          —      hojatbaror Allohning bandasi. Arabcha
  • Abror          —         pokiza, toza qalbli, solih, taqvodor, iymonli; yaxshi, go‘zal hulq-atvor va fe’l egasi. Arabcha.
  • Abbos           —         qovog‘i soliq, xo‘mraygan, jiddiy. Ba’zi bolalar shu holatda tug‘iladi. Arabcha.
  • Avaz              —        avval turmagan bolalarning o‘rniga, evaziga kelgan bola. Arabcha, fors-tojikcha, o‘zbekcha.
  • Azamat         —        ulug‘, mard, jasur, qudratli. Arabcha.
  • Aziz             —         qadrli, qimmatli, tabarruk, hurmatli yoki qudratli, qimmatli, noyob. Arabcha.
  • Akmal          —        yetuk, barkamol, mukammal va benuqson ma’nosida. Arabcha.
  • Bahodir          —     botir, dovyurak, mard, jasur. O‘zbekcha, fors-tojikcha.
  • Bobur               —     yo‘lbars, arslon; Ulug‘, ulkan, buyuk; Tez gapiradigan odam ma’nolarida talqin qilingan. O‘zbekcha.
  • Botir               —     mard, jasur, qo‘rqmas. O‘zbekcha.
  • Badriddin    —     dinning to‘lin oyi va nuri, mash’ali. Dinning asl farzandi. Boshqa mo‘minlarga o‘rnak bo‘luvchi xulqi yaxshi, niyati pok inson. Arabcha.
  • Bahriddin    —     dinning nuri, yog‘dusi, shu’lasi, dinning viqori, shukuhi yoki dinning nurli, e’tiqodli, iymonli, saodatmand kishisi. Arabcha.
  • Barno         —   yosh, navqiron, chiroyli, hushbichim, hushqad. Arabcha.
  • Barchinoy, Oybarchin — oy yuzli, oy chehrali qiz, iboli, hayoli, oqko‘ngil, qalbi pok, toza. O‘zbekcha.
  • Binafsha   —   binafsha guldek ko‘rkam, nafis, suluv qiz. O‘zbekcha.
Qizlar uchun ismlar ma’nosi

Ismlar ro’yxati o’g’il bolalar va qizlar uchun.

  • Begoyim     —   beklar, aslzodalar avlodiga mansub, oliy nasab, viqorli, martabasi baland qiz. Fors-tojikcha.
  • Davron        —      davr sursin, umri shodon, baxtiyor o‘tsin, davrining, zamonasining baxtiyor farzandi bo‘lsin ma’nosida. Arabcha.
  • Dilmurod   —     dildagi murodga, orzuga yetkazgan bola. Arabcha, fors-tojikcha.
  • Diyor             —     o‘lka, ona yurt, vatan farzandi, diyoriga, eliga vafodor. Vatani uchun jonini fido qilishga tayyor bo‘lsin. Arabcha.
  • Dovud           —     mehrli, mehribon, dildan sevuvchi, suyukli, chin do‘st yoki shifo beruvchi, sog‘aytiruvchi. Dovud payg‘ambarning ismlari. Yahudiycha.
  • Davriya           —    davr farzandi, zamon qizi. Arabcha.
  • Dilafruz      —    dilni quvontiruvchi, shodlantiruvchi, dil guli, dilni ochuvchi, yayratuvchi, ko‘ngilga huzur, shodlik baxsh etuvchi, kayfiyatni ko‘taruvchi. Fors-tojikcha.
  • Dilbar           —    yoqimli, yoqimtoy, ko‘ngilni oluvchi, maftun qiluvchi, go‘zal, suyukli, zebo. Fors-tojikcha.
  • Dildora         —    dildan sevilgan, chin muhabbat sohibasi, dilni rom qiluvchi yoki rahmdil, jasur, dovyurak. Fors-tojikcha.
  • Dilnoza         —    ishvali, nozli qalb egasi, nozik, nafis dil sohibi. Fors-tojikcha.
  • Fazliddin     —      dinning yuksakligi, yoki dinning marhamati, in’omi, tuhfasi, fazliga yetishganligi. Arabcha.
  • Fahriddin     —      dinning faxri, iftixori, shavkati, shoniu-sharafi, g‘ururi. Arabcha.
  • Farruh             —      baxtiyor, yuzidan nur yog‘iluvchi, ochiq chehrali, chiroyli ko‘rkam. Fors-tojikcha.
  • Fayzbek           —      beklar avlodiga mansub fayz-barakali, omadli, saxovatli bola ma’nosida. O‘zbekcha.
  • Fazilat      —    yaxshi hislatlar egasi, go‘zal xulqi bilan boshqalardan afzal, ustun turuvchi. Arabcha.
  • Farangiz    —    nur sochuvchi, ziyokor yoki go‘zal, suyukli, shu’la sochuvchi go‘zal qiz. Fors-tojikcha.
  • Farida        —    bebaho, nodir, noyob, marvarid yoki pardali bo‘lib tug‘ilgan qiz. Arabcha.
  • Halil                 —       suyukli, aziz, qadrdon, sodiq do‘st; vafodor, sirdosh. Shakllari: Xalilbek, Xalilboy, Xaliljon. Arabcha.
  • Habib                 —      suyukli, qadrdon, g‘amxo‘r do‘st. Asli Habibulloh. Allohning suyuklisi va do‘sti. Bu nom Muhammad (s.a.v.) ning sifatlaridan biridir. Arabcha.
  • Hamdam             —       o‘rtoq, sodiq, vafodor do‘st. Otasiga, boshqa bolalarga do‘st, esh bo‘lib yursin. Fors-tojikcha.
  • Hayrulloh       —     Allohning xayru saxovati, muruvvati, tuhfasi. Arabcha.
  • Gavxar         —      gur, marvariddek bebaho qiz yoki asl, aslzoda. Fors-tojikcha.
  • Gulasal       —      guldek go‘zal, chiroyli, nafis, latofatli va boldek shirin, yoqimtoy suyukli, aziz qiz. Arabcha, fors-tojikcha.

O’g’il bolalar va qizlar uchun Ismlar ma’nosi  .

  • Iqbol         —       baxtu saodat, porloq kelajak, yorqin hayot. Arabcha.
  • Islom         —       o‘zini Allohning ixtiyoriga topshirish, itoatkor. Islomga bo‘ysungan. Mo‘min. musulmon. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) olib kelgan din nomi. Arabcha.
  • Isroil       —       Alloh yo‘lida kurashuvchi, Allohga itoat qiluvchi. Islomda Azroil o‘lim farishtasi bo‘lib, to‘rtta asosiy farishtalardan biridir Ular: Jabroil, Mikoil, Isrofil, Azroil. Yahudiycha.
  • Ibrohim    —        xalqlarning otasi. Yahudiycha.
  • Halima     —    muloyim, mehribon, rahmdil, mehrli, shafqatli, xushmuomala, beozor, suyukli qiz. Payg‘amabarimiz Muhammad (s.a.v.)ga oq sut bergan ayolning ismi. Arabcha.
  • Hanifa     —    rostgo‘y, pokiza, sodiq yoki mehribon, g‘amxo‘r. Arabcha.
  • Hilola      —    yangi oydek ko‘rkam qiz yoki yangi oy chiqqanida tug‘ilgan go‘zal husnli qiz. Arabcha.
  • Hosiyat       —    yaxshi sifatlar, fazilatlar, go‘zal hislatlar egasi yoki omadli, ishi yurishgan yoki xosiyatli kunda tug‘ilgan qiz. Arabcha.
  • Hurshida    —   quyoshdek husnu jamol sohibasi bo‘lgan go‘zal, suluv latofatli, zebo; oftobmonand qiz, quyosh farzandi. Fors-tojikcha.
  • Husnida      —   husniddin ismiga qiyosan yasalgan ism. Go‘zal va chiroyli xusn egasi bo‘lsin degan niyatda. Arabcha.
  • Husniya         —  go‘zal chehrali, chiroyli, latofatli, maftunkor yuzli, zebo qiz. Arabcha.
  • Mabruk           —     ko‘ngilga yaqin, xayrixoh. Arabcha.
  • Mavdud           —     qadrli, suyukli. Arabcha.
  • Mavlon           —      ustoz, valine’mat, muruvvat, yaxshilik qiluvchi. Mavlon — Allohning sifatlaridan biri. Qar. Abdumavlon. Arabcha.
  • Madid             —       uzoq yashovchi, umri uzoq. Arabcha.

Bularni ham ko’rib chiqing.

  • Mazbut            —       mahkam, mustahkam, himoya ostiga olingan. Arabcha.
  • Mansur           —        g‘olib, peshqadam, sarkarda, yo‘lboshchi, yengilmas. Arabcha.
  • Kamola     —   kamolga erishgan yetuk, zebo, ko‘rkam, mukmal inson. O‘zbekcha.
  • Karima     —   sahovatli, sahiy, qo‘li ochiq, mehribon, rahmli, qalbi pok qiz. Arabcha.
  • Komila     —   barkamol, yetuk, bekamu-ko‘st, namunali, ibratli qiz. Arabcha.
  • Kumush       —   kumushdek yorqin, qadrli, qiz yoki oq yuzli oqbadan go‘zal qiz. O‘zbekcha.
  • Nazrulloh      —       Allohga nazr qilingan, bag‘ishlangan bola. Arabcha.
  • Nazif                —      pokiza, ozoda; beg‘ubor, begunoh. Arabcha.
  • Narimon         —       qo‘rqmas, botir, dovyurak, jasur, mard, bukilmas irodali, kuch-qudratli, azamat. Arabcha, fors-tojikcha.
  • Najmiddin   —       dinning yulduzi, yorug‘ligi, iqboli porloq kishisi. Arabcha.
  • Mavluda      —     hosiyatli, yaxshi, muqaddas kunda tug‘ilgan qiz, umrida yaxshi kunlar ko‘p bo‘lsin, hayoti chiroyli o‘tsin. Arabcha.
  • Madina        —    Saudiya Arabistonidagi muqaddas shahar, ziyoratgox bo‘lgan Madinai Munavvara ismidan olingan ism. Arabcha.
  • Malika        —    podshohning avlodiga mansub ulug‘ martabali ayol. Shohbonu, go‘zallar go‘zali, mahvashlar mahvashi, zakovatli sohiba. Malikalardek obro‘-e’tiborli bo‘lsin ma’nosida ham qo‘yiladi. Ushbu ism sohibalaridan biri Amir Temurning xotini, katta malika — Saroymulkxonim, Qozonxonning qizidir. Arabcha.
  • Maloxat       —    go‘zal, suluv, nafosatli, dilkash, malohatli, ko‘rkam qiz. Arabcha.
  • Marjona      —    dur, inju, marvaridlar tizimi, qizil rangli yirik munchoq, marjondek qimmatbaho va suluv qiz. Fors-tojikcha.
  • Mastura        —    berkitilgan, yopiq yuzli, halol, pok, toza, pardali, iffatli, hayoli, iboli qiz. Arabcha
  • Obid          —         toat-ibodat qiluvchi, taqvodor, dindor, Allohga sig‘inuvchi, unga ibodat qiluvchi, osiy bo‘lmagan mo‘min banda. Arabcha.
  • Odil          —         haqgo‘y, adolatli, insofli, to‘g‘ri, halol, pokdomon, egrilikni bilmaydigan, odil. Arabcha.
  • Oybek        —         beklar naslidan bo‘lgan omadli, baxtli, oydek porloq bola yoki oybek urug‘i (o‘zbek urug‘laridan biri)ga mansub bola. O‘zbekcha.
  • Ozod           —         erkin, hur, ozod, xursand, baxtiyor yoki ulug‘, salobatli; kasalliklardan holi. Fors-tojikcha.

N harfiga ismlar ma’nosi.

  • Nargiza      —     nargis (bo‘tagul) dek nozik, nafis, zebo, go‘zal qiz, ifori taraluvchan. O‘zbekcha.
  • Nasiba        —     rizqu-ro‘zli, nasibali qiz. Umri to‘kin-sochinlikda, bekamu-ko‘st o‘tsin, nasibali bo‘lsin ma’nosida. Arabcha.
  • Nafisa       —     nafis, nozik, go‘zal, nafosatli, latofatli, foyda keltiruvchi, yaxshiliklar qiluvchi. Arabcha.
  • Nigora        —    go‘zal chehrali, sohibjamol, o‘ziga rom etuvchi, maftunkor, latofatli, jozibali, go‘zal, zebo, tengsiz husn sohibasi, yoqimtoy. Fors-tojikcha.
  • Nilufar      —   nilufar (savsan) o‘simligidek chiroyli, zebo qiz, o‘ziga maftun etuvchi. O‘zbekcha, hindcha.
  • Nodira         —   tengi yo‘q, yagona, tengsiz, bebaho, benazir, nodir, betakror, beqiyos go‘zallik sohibasi go‘zal, latofatli, zebo qiz. Arabcha.
  • Yahyo       —      sahiy, muruvvatli, ochiq qo‘l, bag‘ri keng; yashovchi, barhayot, hayotiy yoki hushxulq, insonga do‘st. Payg‘ambarlardan birining ismi. Yahudiycha.
  • Yunus     —    Iona, Ionis — kabutar. Shuningdek, Yunus payg‘ambarning ismlari. Yahudiycha.
  • Yusuf     —    qadimiy yahudiycha nom Iosifning (Yaqub payg‘ambar o‘g‘li) arabcha shakli. Ma’nosi: o‘sgan, ko‘paygan. Yusuf nomi sharqda go‘zallik, hushro‘ylik timsolidir. Yusuf payg‘ambarning ismlari. Arabcha, yahudiycha.

O va Z harflariga ismlar ro’yxati.

  • Ozoda      —   erkin, ixtiyori o‘zida; baxtli, baxtiyor yoki toza, pokiza, saranjom, tartibli, begunoh, beg‘ubor. Ba’zi manbalarada saxiy, oq ko‘ngil, qalbi pok deb ham izohlanadi. Fors-tojikcha.
  • Oygul       —  oydek suluv, go‘zallikda yorqin, guldek zebo, nafis, chiroyli, maftunkor, istarali qiz. O‘zbekcha, fors-tojikcha.
  • Oynur      —  oy yog‘dusidek go‘zal, pokiza; nurafshon qiz. Arabcha, o‘zbekcha.
  • Oysha        —  yashovchi, barhayot, umri uzoq, hayoti nurli qiz. Bu ism Muhammad (s.a.v.)ning ayollari Oysha (r.a.) ismlari bo‘lgan. Arabcha.
  • Oliya         —  yuksak, oliy, ulug‘; e’zozli, izzatli, ulug‘vor, martabali, e’tiborli. Arabcha.
  • Zafar           —        g‘olib, zafar quchuvchi, g‘alabaga erishuvchi, baxtli, saodatli, iqboli porloq, tolei baland. Arabcha.
  • Zayniddin       —      dinning ko‘rki, go‘zal husni bo‘luvchi bola. Arabcha.
  • Zayd            —          tuhfa, in’om yoki ko‘payish, qo‘shilish. Arabcha.
  • Zoyir          —         ziyoratchi. Arabcha.
  • Zokir           —        Allohni zikr qiluvchi, Allohga itoat qiluvchi solih banda. Arabcha.
  • Gulbaxor     —      bahor guli, ko‘klam chechagidek dilbar, suluv, sohibjamol, go‘zal qiz, bahorda uyg‘onish davrida tug‘ilgan qiz. Hayoti guldek chiroyli bo‘lsin ma’nosida. Fors-tojikcha.
  • Guljamol   —     guldek go‘zal husn sohibi, husni jamoli guldek zebo qiz. Arabcha, fors-tojikcha.
  • Guljaxon    —     baxtli kunlar, ya’ni baxtli, saodatli kunda tug‘ilgan. Hayotda baxtiyor, iqboli, porloq, tolei baland bo‘lsin. Fors-tojikcha.
  • Gulzira        —     zira gulidek yoqimtoy qiz. Fors-tojikcha.
  • Ibodulloh        —      Allohning qullari, bandalari, mo‘minlari. Arabcha
  • Iskandar          —      mard, qo‘rqmas, dovyurak, azamat, pahlavon, jasurlarning sardori yoki himoya qiluvchi, asrovchi, muhofazakor. Buyuk sarakarda Iskandardek bo‘lsin ma’nosida qo‘yiladi. Yunoncha, o‘zbekcha.
Ismlar ma’nosi

Shu ismlar ismlar.com va myfarzand.uz saytidan foydalanib tuzib chiqildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting