O’zbekiston tarixi fanidan imtihon biletlari savollari

O'zbekiston tarixi fanidan imtihon biletlari savollari

O’zbekiston tarixi fanidan imtihon biletlari savollari 2025 yil uchun.

Imtihon haqida.

9-sinfini tugatgan o‘quvchilar O‘zbekiston  tarixi  fanidan ta’lim dasturi  bo‘yicha ma’lum darajadagi kompetensiyalarga ega bo‘ladilar.

O‘quvchilarning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun 2024–2025-o‘quv yilida  9-sinflarda yakuniy imtihon  yozma  va o‘g‘zaki  shaklda o‘tkaziladi.

Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari O‘zbekiston  tarixi fani bo‘yicha umumta’lim  maktablarning   6-, 7-, 8-, 9-sinflari mavzularini qamrab olgan. Shuningdek, tavsiyada bilishga oid savollar, qo‘llashga va mulohazaga oid  topshiriqlar bo‘yicha baholash mezonlari keltirilgan.

Har bir o‘quvchi bittadan biletni tanlab oladi. Biletda o‘quvchiga 5 tadan savol beriladi. Savollarning 2 tasi bilishga, 2 tasi qo‘llashga, 1 tasi mulohazaga oid bo‘ladi. Mulohazaga oid savolga javob o‘g‘zaki  topshiriladi. O‘quvchi bilet savollariga javob berishi uchun 120 daqiqa vaqt beriladi.

O’zbekiston tarixi fanidan imtihon biletlari

Oʻquvchilarning  yozma  va o‘g‘zaki  ishlari 100 ballik tizim asosida:

0 – 29% – “qoniqarsiz”;

30–65% – “qoniqarli”;

66–85% – “yaxshi”;

86–100% – “aʻlo” .

kabi baholanadi. Har bir topshiriq uchun belgilangan balldan yuqori ball qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Berilgan topshiriqlardan  yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi belgilangan kundan bir kun oldin, Ishchi guruh tomonidan qurʼa tashlash yoʻli bilan  2 ta variant tuzilib, e’lon qilinadi.

Yuklab olish

9_sinf_O’zbekiston_tarixi_2024_2025_imtihon_biletlari

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting