Biologiya fanidan imtihon savollari 2025. Ushbu maqolada Biologiya fanidan imitihon savollari hamda javoblarini joylashtiramiz.
Biologiya fanidan imtihon savollari.
11_sinf_Biologoiya_2024_2025_imtihon_biletlari
Imtihon haqida
Imtihon ishining har bir varianti ikki qismdan iborat boʻlib, shakli va murakkablik
darajasi turlicha boʻlgan 20 ta topshiriqni oʻz ichiga oladi.
1-qism 17 ta qisqa javobli topshiriqdan tashkil topgan.
Topshiriqlar qisqa javob yoziladigan, moslashtirish va ketma-ketlikni toʻgʻri aniqlash, bir
nechta javobli, fikrlar toʻgʻri yoki notoʻgʻri (T/N) ni aniqlash shaklida boʻlib, bunda javob
namunaga oid bitta yoki bir necha son birligi, bosma harf bilan yozilgan boʻlishi soʻraladi.
2-qism kengaytirilgan javobli 3 ta topshiriqni oʻz ichiga oladi, ularni bajarishda berilgan
savol yoki biologik masalaning yechimini asoslab, oʻz fikrini batafsil yozishi kerak.
Har bir imtihon variantining savol va topshiriqlari biologiya fani boʻyicha umumiy
oʻrta taʼlimning 5 – 11 – sinflar mavzularini qamrab olgan. Shuningdek, tavsiyada bilishga
oid savollar, qoʻllashga va mulohazaga oid topshiriqlar boʻyicha baholash mezonlari
keltirilgan.
Har bir variantda oʻquvchiga 20 tadan topshiriq savollari beriladi. Bu topshiriqdan 5 ta
bilish, 14 ta qoʻllash va 1 ta mulohaza koʻnikmalarini baholashga oid tuzilgan.
Yakuniy nazorat imtihoni test sinovida qamrab olingan biologiya fanining mazmun
sohalari: –
Tabiat asoslari va uning fan va texnikadagi roli. Tiriklikning xilma-xilligi
Hujayra biologiyasi: hujayra tarkibi, tuzilishi va funksiyasi
Organizmlar biologiyasi va xilma-xilligi
Genetika va evolyutsiya
Hayotning ekosistema va biosfera darajasi umumiy qonuniyatlari
Variant topshiriqlarini bajarish uchun 180 daqiqa vaqt beriladi.
Oʻquvchilarning yozma ishlari biologiya fanidan 100 ball asosida baholanadi:
0 – 29% – “qoniqarsiz”;
30–65% – “qoniqarli”;
66–85% – “yaxshi”;
86–100% – “aʻlo”