9-sinflar uchun imtihon savollari to’plami 2025 yil uchun. Matematika imtihon savollari.
Imtihon haqida.
Tuzuvchilar: S.F.Salayev, M.X.Komilov, Sh.T.Kojamuratova Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari.
Taqrizchilar: M. A. Mirzaxmedov Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi eksperti.
D.E. Shnol- Taʼlim bo‘yicha xalqaro ekspert.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRINING 2025-yil 20-fevraldagi “2024/2025-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 65-son buyrug‘i
O‘quvchilarning matematika fanidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun 2024– 2025-o‘quv yilida 9-sinflarda yakuniy imtihon yozma shaklda o‘tkaziladi.
- 9-sinflarda matematika fanidan yakuniy attestatsiya variantining tuzilishi.
Imtihon ishining har bir varianti ikki qismdan iborat bo‘lib, shakli va murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan 16 ta topshiriqni o‘z ichiga oladi (5-jadval).
1-qism 11 ta qisqa javobli topshiriqdan tashkil topgan. Bunda javob bitta son, birligi bilan yozilgan kattalik koʻrinishida berilishi kerak.
2-qism kengaytirilgan javobli 5 ta topshiriqni o‘z ichiga oladi, ularda masalaning yechimini asoslab, chizmalari bilan taqdim etish lozim.
Har bir imtihon variantining savol va topshiriqlari matematika fani bo‘yicha umumtaʻlim maktablarning 5-, 6-, 7-, 8-, 9-sinflari mavzularini, Sonlar va amallar, Algebra va funksiya, Statistika va ehtimollik hamda Geometriya va o‘lchash mazmun sohalarini qamrab olgan. Shuningdek, tavsiyada bilishga oid savollar, qo‘llashga va mulohazaga oid topshiriqlar bo‘yicha baholash mezonlari keltirilgan.
Har bir variantda o‘quvchiga 16 tadan (10 ta algebra, 6 ta geometriya) savol beriladi. Savollarning 4 tasi (2 ta algebra, 2 ta geometriya) bilishga, 10 tasi (7 ta algebra, 3 ta geometriya) qo‘llashga, 2 tasi (1 ta algebra, 1 ta geometriya) mulohazaga oid bo‘ladi. Variant topshiriqlarini bajarish uchun 180 daqiqa vaqt beriladi.
Baholash
Oʻquvchilarning yozma ishlari algebra 100 ball va geometriya 100 ball asosida baholanadi:
0 – 29% – “qoniqarsiz”;
30–65% – “qoniqarli”;
66–85% – “yaxshi”;
86–100% – “a’lo”.
Matematika imtihon savollari yuklab olish
9_sinf_Matematika_2024_2025_imtihon_biletlari
xzekf;ldkl;dkcxm
javobini qayirdan topsa buladi
javoblari
matematikani chiqaringlar