OTMlarga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

OTMlarga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

25-iyun — oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, shu kuni soat 23:59 da ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanadi.

Hurmatli abituriyentlar!

❇️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang! Imkon boricha bugunoq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!

📌 Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (fanlar ketma-ketligini inobatga olgan holda), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling.

🖥 25-iyun kuni soat 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz.

❗️ Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan oldinroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni, ma’lumotlaringizni va to‘lov amalga oshirilganini shaxsiy kabinetingizdan tekshirib olishni tavsiya qilamiz.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting