O’qishni ko’chirish uchun ariza qabuli 15-iyuldan boshlanadi

O'qishni ko'chirish uchun ariza qabuli 15-iyuldan boshlanadi

O’qishni ko’chirish uchun ariza qabuli 15-iyuldan boshlanadi. Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi brifingda ma`lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qaroriga muvofiq, 15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanadi.

🗂 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

💵 O‘tish ballini to‘plolmaganlar «super-kontrakt» bilan qabul qilinishi mumkin.

❌ Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar «perevod»chilar uchun amal qilmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting