Oliy harbiy ta’lim muassasalari hujjat topshirgan abituriyentlar. Ma’lumki, oliy harbiy ta’lim muassasalari (OHTM)ga kirish test sinovlari respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda o‘tkaziladi.
Shu sababli OHTMga hujjat topshirgan abituriyentlar davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasiga e’tibor qaratishlari lozim.
Bunda abituriyent hujjat topshirgan OHTMning tegishli ta’lim yo‘nalishidagi fanlar majmuasi bilan hozir ro‘yxatdan o‘tayotganda tanlayotgan fanlar majmuasi bir xil bo‘lishi kerak.
‼️ Agar abituriyent OHTMning tegishli yo‘nalishiga mos bo‘lmagan fanlar majmuasini tanlasa, OHTMga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Izoh. my.uzbmb.uz saytida OHTMga hujjat topshirgan abituriyentlarga shunga mos fanlar majmuasi chiqarilmoqda.