Bugun, 30-maydan boshlab, ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi.
📝 Arizalar tavsiyanoma.ijro.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.
🗓 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi.
Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.
Talabgorlar 6 ta mezondan biriga tushsa, tavsiyanoma beriladi. Mezonlar ro’yxati bu yerda:
Mazkur tavsiyanoma bir yil muddatga beriladi. O’tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin o’qishga kira olmagan xotin-qizlar joriy yilda tavsiyanoma olish uchun yana qayta murojaat qilishlari kerak.
‼️BU MUHIM: bu tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️
Ko‘pchilik tavsiyanoma olsam 4% ball qo‘shiladi, deb xato tushunadi.
Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan:
Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2024-yilgi o‘tish bali bu yerda:
❗️Shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar 500 ta kvota uchun joriy yilning 31-mayga qadar (shu kuni ham) ariza bilan yashash joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etishlari lozim. Bu haqda batafsil bu yerda:
Bu ikkita tavsiyanoma boshqa-boshqa bo’lib, bir kishi ikkala tavsiyanomani ham olishi mumkin.