Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan 8 ta OTMda bu amaliyot bekor bo‘ldi

Chet tilidan ijodiy imtihon

Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan 8 ta OTM da bu amaliyot bekor bo‘ldi. 2024-yilda chet tili birinchi fan bo‘lgan mutaxassisliklarida ijodiy imtihon o‘tkaziladigan 8 ta OTMda kirish imtihoni sifatida test olinadi.

Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig‘i Abduvali Xoliqov Kun.uz ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Joriy yilgacha 8 ta OTMning chet tili birinchi mutaxassislik fan bo‘lgan yo‘nalishlarida abituriyentlardan test emas, ijodiy imtihon olinardi. Bu yilgi qabulda mana shu OTMda ham ijodiy imtihon o‘rniga test bo‘ladi va bu OTMga topshiradigan abituriyentlar ham o‘tgan yildagi kabi faqat shu OTM doirasida emas, respublikadagi barcha OTMdan o‘z yo‘nalishiga to‘g‘ri kelgan 5 tasini tanlashi mumkin bo‘ladi.

2024-yilda ushbu ro‘yxatdagi OTMda ham boshqa chet tili yo‘nalishi bor OTM kabi test imtihoni o‘tkaziladi:

➖O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
➖Samarqand davlat chet tillar instituti;
➖Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
➖Toshkent davlat pedagogika universiteti;
➖Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
➖Nukus davlat pedagogika instituti;
➖Andijon davlat chet tillar instituti;
➖Namangan davlat chet tillar institutining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting