Ayrim tibbiyot yo‘nalishlarida faqat grantga qabul bo‘ladi

Ayrim tibbiyot yo‘nalishlarida faqat grantga qabul bo‘ladi. 2023-yilgi qabuldan “Psixiatriya”, “Tibbiy psixologiya” va “Narkologiya” klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul faqat davlat granti asosida bo‘lmoqda.

Ya’ni bu yo‘nalishlarga kiradigan magistratura va ordinatura talabalari kontrakt asosida emas, faqat grant asosida o‘qiydi.

Yana bir yangilik: 2023-yil 1-iyuldan psixiatr, tibbiy psixolog, psixoterapevt va suitsidologlarning ustamasi 25 foizdan 50 foizga oshiriladi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting